Muvozanat saqlandi

Date:

“Surxon” davlat qo‘riqxonasining “Xatak” bo‘limida o’txo‘r hayvonlar uchun tabiiy oziq muvozanatini saqlash maqsadida tuz qo‘yib chiqildi. Tadbir davomida qo‘riqxona hududidagi turli bo‘limlarga jami 10 tonnadan ortiq tuz tarqatildi.

Biotexnik tadbirlar yovvoyi hayvonlar uchun qulay hayot sharoitlarini yaratish, ularning oziq-ovqat balansini tartibga solish hamda tabiiy ekotizim barqarorligini saqlash maqsadida amalga oshiriladi. O‘txo‘r hayvonlar, ayniqsa, qish va erta bahor davrida mineral moddalar yetishmovchiligini sezadi. Shuning uchun qo‘riqxona hududida muntazam ravishda tuz va boshqa mineral qo‘shimchalar tarqatilib, hayvonlarning sog‘lom rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi.

Ushbu tadbirlar qo‘riqxonaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun