Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

Date:

Navro‘zi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan el-yurtimiz uchun go‘zal an’ana hisoblanadi. Ana shunday an’analarga muvofiq Angor tumanidagi markaziy o‘yingohda Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanalar boshlandi. “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.


Tadbir avvalida tuman hokimi Qosim Mardonov so‘zga chiqib, mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi tub islohotlar tumanda ham o‘zining yorqin samaralarini berayotganini, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarida ham yaqqol ko‘rinib turganini ta’kidlab, butun tuman ahlini bayram bilan samimiy tabrikladi.


Bayram dasturi doirasida milliy urf-odat va an’analarni aks ettiruvchi turli madaniy tadbirlar, sport musobaqalari, milliy taomlar va kiyimlar ko‘rgazmalari tashkil etilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun