Amaliyot muvaffaqiyatli o‘tdi

Date:

Tibbiyot, fan-texnika rivojlangan asrda yashayapmiz. Sog‘ligimiz borasida tashvish chekmaymiz, sababi o‘zimiz yashaydigan hududda ham murakkab jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish imkoniyati mavjud. Bu borada tibbiyot xodimlari malakasini oshirib, har qanday turdagi jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazib kelishayotir.
Viloyatimiz markazidan qariyb 200 kilometr olisda joylashgan Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasida ham ilk bor buyrak ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi. Ushbu amaliyotni respublikadan tashrif buyurgan mutaxassis, transplantolog xirurug A.Axmedov rahbarligi ostida viloyat mutaxassislar bilan birgalikda amalga oshirishdi.
5 soat davom etgan jarrohlik amaliyotida 39 yoshli akaning chap buyragi 37 yoshli ukaga muvaffaqiyatli ko‘chirildi. Hozirda aka-ukaning ahvoli yaxshi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun