“Xavfsiz hudud” loyihasi amalda

Date:

Hududlarni jadal rivojlantirish, aholini xavfsiz va sifatli turar joylar bilan ta’minlash hamda infratuzilmani takomillashtirish maqsadida Surxondaryo viloyatida ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalarning borishini o‘rganish va avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri hamda Termiz tumanidagi bir qator obyektlarga tashrif buyurdi.
Dastlab Termiz shahri, “Bog‘ishamol” mahallasi, “Farovon” massividagi ko‘p qavatli uy-joylar hududida “Xavfsiz hudud” loyihasining amalga oshirilishi ko‘zdan kechirildi. Loyiha samaradorligini oshirish va uni boshqa turar joy massivlarida ham tatbiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar hamda topshiriqlar berildi. Shuningdek, viloyat hokimi “Manguzar” va “Saxovat” mahallalarida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmualari, shuningdek, “Termiz Mall” savdo markazi loyihasi qurilishi bilan tanishdi. Olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, qurilish sifatini oshirish, shaharsozlik va qurilish normalariga qat’iy rioya etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Tashrif yakunida Termiz tumani “Soliobod” mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi. Viloyat hokimi mahalla aholisi bilan uchrashib, ularning muammolarini tingladi hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ariq va zovurlarni tartibga keltirish, yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun