O‘yinlar qayta boshlandi

Date:

Termizning “Surxon” futbol klubi uy stadioni hisoblangan “Surxon Arena” uch yil avval zamonaviy loyiha asosida rekonstruksiya qilish maqsadida yopilgan edi. Bu davr mobaynida o‘yingoh xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlandi.
Ushbu stadionda superliganing 2-turi doirasida “Surxon” va “Xorazm” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga start berildi. O‘yin boshlanishi oldidan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov barcha muxlislarni yangilangan o‘yingoh va futbol bayrami bilan qutlab, jamoalarga omad tiladi.
Uchrashuvni viloyat hokimi va boshqa mutasaddilar o‘yingohdan turib kuzatib borishdi. Yangilangan stadionda muxlislar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular o‘yinni katta qiziqish bilan kuzatishdi. Afsuski, mazkur bahsda mehmonlar 0:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. “Surxon” jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilaymiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun