Sifat muhim

Date:

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama qilindi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov har bir tuman va shaharning joylashuvi, tarixi hamda salohiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan ramziy stella loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdim etilgan loyihalar ma’qullanib, hududlar chegaralarida stellalar qurilishini belgilangan muddat va yuqori sifatda amalga oshirish vazifalari belgilandi. Shuningdek, yig‘ilishda mehmonxonalar qurilishi, turizm sohasidagi vazifalar ijrosi hamda “Sangardak” turizm majmuasi qurilishining borishi muhokama qilindi.

Soha va hudud mas’ullarining hisobotlari, loyiha tashabbuskorlari murojaatlari tinglanib, mutasaddilarga barcha ishlarni manzilli, samarali va sifatli tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun