Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Date:

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar umumta’lim muassasalarida ham bosqichma-bosqich joriy etiladi. Jumladan, maktablarda “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan boshlab aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan “Kitob – ma’rifat manbai” dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, davlat organlarining kitob va kitobxonlikka oid targ‘ibot materiallari ijtimoiy reklama sifatida e’tirof etiladi.

Bundan tashqari, jamoat transportlarida — avtobus, metro, samolyot va poyezdlarda “Mutolaa” platformasidan simsiz yoki mobil internet orqali foydalanish imkoniyati yaratiladi hamda qulaylik uchun QR-kodlar o‘rnatiladi.

Umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari doirasida kitob tahliliga bag‘ishlangan debatlar o‘tkaziladi. Klub a’zolariga yil davomida kamida 20 ta kitob o‘qitiladi hamda har chorakda tuman va shahar miqyosida eng faol klub a’zolari munosib rag‘batlantiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun