Yaralar tez va xavfsiz bitadi

Date:

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro hamkorlar bilan birgalikda infeksiyalangan yaralarni davolashga mo‘ljallangan yangi avlod aqlli gidrogel bog‘lamasini ishlab chiqdi. Tadqiqot natijalari nufuzli “Chemical Engineering Journal” jurnalida e’lon qilinib, xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Yangi gidrogel yuqori yopishuvchanlik, elastiklik, antibakterial va antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lib, yarani tashqi ta’sirlardan himoya qiladi hamda bitish jarayonini tezlashtiradi. Uning tarkibidagi maxsus komponentlar teri to‘qimalariga mustahkam yopishib, uzoq muddat barqaror saqlanishini ta’minlaydi.

Ushbu innovatsion ishlanma an’anaviy bog‘lamalarga nisbatan samaraliroq bo‘lib, yaralarning tez va xavfsiz bitishida istiqbolli yechim sifatida baholanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun