Bo‘ron chopag‘onga yetadigani yo‘q

Date:

Uloq, ko‘pkari — O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy ommaviy, milliy o‘yinlaridan sanaladi. Asosan, g‘alaba va hosil bayramlari, to‘y va sayillar munosabati bilan o‘tkaziladigan uloq, ko‘pkarilar alp o‘g‘lonlar uchun sevimli mashg‘ulot bo‘lib kelgan.
Uloq, ko‘pkari ko‘ngilochar tomosha yoki shunchaki o‘yin emas, balki o‘g‘il bolalar, yigitlarni mard, jasur, epchil, dovyurak qilib tarbiyalash vazifasini bajargan. Musobaqalarda ot naslini yaxshilashga, chidamli, tez harakat qiladigan zotlarini ko‘paytirishga yordam qilgan. Qorabayir, arabi, axaltekin, qurama, laqay, kustanay, qorabog‘ va hozirgi Orlov ot zotlari Uloqchi otlar hisoblanadi.
“Navro‘z” umumxalq sayli bayrami munosabati bilan Boysun tumanida uloq-ko‘pkari musobaqasi o‘tkazildi. musobaqada uzoq-yaqindan er yigitlar jam bo‘ldi. Uloq-ko‘pkari musobaqasida sovrin uchun ot, novvos, qo‘y, sarka va pul mukofotlari qo‘yildi. Musobaqada mahalliy va xorijiy OAV vakillari, jurnalistlar ham ishtirok etishdi.
Ilgari ham O‘zbekistonda “Navro‘z” bayramlarida ishtirok etganman. Milliy o‘yinlar, kurash musobaqalari, sumalak sayillari menda katta taassurot qoldirgan. Ammo uloq, ko‘pkari musobaqasi haqiqatan ham juda hayajonli va qizg‘in musobaqa ekan. Bunda haqiqiy mard yigitlar chaqqonlik va epchillik bilan harakat qilarkan, deydi — Ildar Sadikov xorijiy suratkash.
Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslarni tomosha qilish ham tomoshabinlarga zavq-shavq ulashdi. Bosh sovrin — Nor tuya boysunlik Bo‘ron chopag‘onga nasib etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun