“Oqila ayol” tashabbusi

Date:

Quyosh panellarining foydasi-yu qulayligini bilgan borki, allaqachon xonadoniga quyosh panellari o‘rnatib ulgurgan. Yaxshida, elektr energiyasi to‘lov qilmaydi, iste’molidan ortiqchasini esa sotib, daromad ko‘rish ham mumkinligi esa ikki karra foyda degani.
Nafqat xonadonlar, balki tashkilot va idoralarda ham quyosh panellari o‘rnatish ishlari jadal tus olgan. Prezidentimizning “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotganini ko‘rsatadi.
Sho‘rchi tumanidagi “Oqila ayollar” harakati a’zosi Xadicha Rajapova elektr energiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni bartaraf etish maqsadida o‘zi faoliyat yuritayotgan “Polvontosh” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli gaz quyish shahobchasiga quyosh panellarini o‘rnatmoqda.
O‘rnatilayotgan quyosh paneli elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni butunlay bartaraf etadi, — deydi Hadicha Rajapova. — Endi gaz quyish shahobchamizda uzluksiz ravishda elektr energiyasi bo‘ladi. Elektr energiyasini tejash borasida hissa qo‘shish asnosida Yurtboshimizning tegishli qarorlari bilan mulk solig‘ini to‘lash borasida imtiyozlarga ega bo‘lamiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun