Yosh qutqaruvchilar bellashdi

Date:

Boysun tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida tumandagi umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi ” musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Aytish kerakki, ushbu musobaqaga qiziqish yil sayin oshib, ishtirok qamrovi esa kengayib bormoqda.
Bu safar ham “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari a’zolari favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, boshqalarga ko‘mak berish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkoniga ega bo‘ldi. Tanlov yoshlar ongida ona yurtga sadoqat, mehr-muhabbat va insonparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, munosib farzandlarni voyaga yetkazish, qolaversa, turli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ekstremal vaziyatlarda jismoniy hamda ruhiy tayyorgarlikni maromiga yetkazish kabi maqsadlarni ko‘zlagan tadbir hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi.
Jamoalar belgilangan shartlar bo‘yicha bahslashib, ularning bilim va malakasi hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Ishtirokchilar sohaga doir bilimi, fuqaro muhofazasi va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish, daryodan arqon yordamida o‘tish, chodir o‘rnatish, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish jarayonidagi jismoniy mashqlar va 100 metrga to‘siqlar osha estafetali yugurish kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
Jamoalar turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar va munosib taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlikni ta’minlash muhim qadam

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi xavfsizligini ta’minlash, turli favqulodda vaziyatlarning...

RUXSATNOMA OLMAY  FOYDALANMANG!

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi viloyat hududiy sho‘basi, viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati...

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...
KunTun
KunTun