Svetofor o‘rnatildi

Date:

Har bir yo‘l belgilari, svetoforning o‘z vazifasi bor, ayni ular yo‘ldagi tartibni saqlab, turli ko‘ngilsizliklarning oldini olishga xizmat qilib kelmoqda. Shunday bo‘lsa-da, ba’zida yo‘llarning qaysidir nuqtasi yoki kesishmasida tirbandliklar, qatnovning haddan ortiq ortib ketish holatlari uchraydi. Muammo chiqqanda esa kuzatuv kamerasining yo‘qligi masalaga oydinlik kiritishga pand bersa, balki svetofor, qandaydir belgi yoki yozuvning o‘rnatilmagani ham attang deyarli holatga aylanadi.
Avtomobil yo‘llari kesishmasida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida Uzun tumani “Kichik jonchekka” mahallasi, Istiqlol ko‘chasidagi chorrahaga svetofor qurilmasi va kuzatuv kamerasi o‘rnatildi. To‘liq ishga tushirilgan mazkur qurilma, yo‘l harakati bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish, avtomobillar va piyodalar harakatini tartibga solishda xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun