Iqtidorlar kashf etildi

Date:

Yurtimizda “Barkamol avlod bolalari” festivaliga start berilganidan xabaringiz bor. Qiziriq tumanida ushbu festivalning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Festival bir necha yoʻnalishlarda o‘tkazilib, yoshlarga bir olam zavq bag‘ishladi. Tasviriy san’at yo‘nalishida iqtidorlar surat chizishda mahoratlarini namoyish etishgan bo‘lishsa, robototexnika va konstruktorlikda ham eng sara ixtirolar namoyish etildi. Shaxmatsevarlar uchun ham festival ayni muddao bo‘ldi. “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishida esa ishtirokchilar munchoqlardan ajib san’at durdonaliga teng yaratiqlarni yasashdi.
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishida esa meva va sabzavotlarda karving san’ati ustalari ustomonlik va mahorat ila ajoyib dekoratsiyalarni yaratishdi. Shuningdek, mental arifmetika va ingliz tili bo‘yicha bellashuvlar ham qiziqarli va muhim ahamiyat kasb etdi.
Yakunda gʻoliblarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun