“Renessans” g‘olib

Date:

Dolzarb, muammoli mavzular juda ko‘p. Buni qalamga olib chiqish, tomoshabinni o‘ylashga, mushohada qilishga chorlovchi ssenariylar, asarlar esa sanoqli yoki yo‘q hisobi. Sabab qidirsak, ko‘plab bahonalarga duch kelamiz. Iqtidorli yoshlar yetishib chiqmoqdaki, ulardan foydalanib, oltin fondimizga aylanadigan asarlarni, spektakllarni yaratishimiz davr talabi.
Ayniqsa, yoshlarni san’atga qiziqtirish, iqtidorlarini kashf etish maqsadida “Turon” maktab teatrlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, ular tayyorlagan sahna ko‘rinishlari keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilayotgani katta va muhim qadam deyish mumkin. Ana shunday iqtidorlarni kashf etuvchi tanlovning tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.


Sherobod tumanida ham maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri respublika tanlovining tuman bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Tumandagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda yoshlar bor mahoratlarini ishga soldilar. Tanlangan mavzu, aktyorlarning ijro mahorati kabi jihatlarga katta e’tibor qaratildi. Asosiysi, chiqishlar tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.
Faxrli birinchi o‘rinni 56-sonli umumtaim maktabining “Renessans” jamoasi egalladi va tanlovning viloyat bosqichiga qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun