12 foiz keshbekka ega bo‘ladi…

Date:

Davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtojlarga alohida e’tibor qilinadi. “Soliq” mobil ilovasi orqali ijtimoiy keshbek olish huquqi berilgani ham ana shunday e’tiborning bir ko‘rinishi deyish mumkin. Demak, ijtimoiy keshbek olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1 foiz miqdordagi keshbek oʻrniga, 12 foiz QQS summasini qaytarib olishlari mumkin.
Faqat barcha tovarlardan emas, balki qo‘y, mol va parranda go‘shti, tuxum, o‘simlik yog‘i, un, shaker, dori vositalari hamda tibbiy xizmatlar QQS qaytariladigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan.
QQS summasini qaytarish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan iste’molchi Soliq ilovasini yuklab olib, ro‘yxatdan o‘tadi va xarid chekining QR-kodini skanerlaydi. “Ijtimoiy keshbek”ni “Keshbek va imtiyozlar” bo‘limida kuzatib borish mumkin.
QQS qaytarishda xarid qilingan tovar QQS qaytariladigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilganligi, xaridor “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligi hamda tadbirkor QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi hisobga olinadi. QQS summasini chek roʻyxatdan oʻtkazilgan oydan keyin oyning 25-sanasidan so‘ng Soliq mobil ilovasi orqali qaytarib olish mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun