Nazariy bilimlar amaliyotga tatbiq etilsa…

Date:

Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustah-kamlash, kasbiy faoliyatga tayyorlash darajasi va sifatini oshirish maqsadida Termiz davlat pedagogika instituti talabalari umumta’lim maktablarida 15 haftalik amaliyotni o‘tashmoqda.

Amaliyot jarayoni esa institutning malakaviy amaliyot rahbarlari tomonidan nazoratga olingan. Ushbu amaliyot talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, ularning pedagogik va huquqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, yosh avlodga milliy g‘oya va ma’naviyat asoslarini singdirishni maqsad qilgani bilan ahamiyatlidir. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari bo‘yicha o‘quvchilarga yurtimizning tarixiy, madaniy va ma’naviy merosini yetkazish, ularni mustaqil fikrlashga, adolatli va halol bo‘lishga undashdi. Bundan tashqari, huquqiy muammolarni hal qilish, o‘quvchilarga huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, pedagogik jarayonlarni tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanishdi. Yakunda amaliyotchilar o‘zlarining pedagogik va huquqiy ko‘nikmalarini baholash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ular o‘quvchilarga ta’lim berishda o‘z bilimlarini samarali qo‘llash, guruh ishlarini boshqarish va ijtimoiy masalalarni hal qilishda o‘zlarini sinashdi. Bu esa yoshlarning pedagogik va huquqiy kompetensiyalarini yanada shakllantirib, mustahkamlanishiga xizmat qilayotir.Talabalarning malakaviy amaliyoti ularning pedagogik va huquqiy faoliyatga tayyorligini oshirishda, shuningdek, milliy g‘oya va ma’naviyat asoslarini targ‘ib qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning shaxsiy va professional rivojlanishiga yordam beradi.

N.Ismoilov,

A.Xo‘janazarov,

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun