Milliylik “moda”da

Date:

Milliylik kishiga zeb, o‘zlikka qaytish fursatidir. Yoshlarning ko‘cha-ko‘yda milliy libosda ko‘rinish berishi esa kimligimizni eslatib qo‘ygandek bo‘lsa, boshqa tomondan ko‘zlarimizni quvnatyapti, milliy liboslarimiz yana “moda”ga kiryapti.
Farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning maʼnaviy-axloqiy jihatdan yetuk boʻlishi uchun doimo qaygʻurishimiz, kurashmogʻimiz darkor. Ana shu jarayonda xalqimizning milliylik qiyofasi, ruhiyati, dunyoqarashi, qadriyatlari, bir soʻz bilan aytganda milliyligi yaqqol namoyon boʻladi. Jarqo‘rg‘on tumanidagi umumtaʼlim maktablaridagi qadriyatlar koʻzgusi boʻlgan milliylik lavhalari namoyon etildiki, atlas, adras matolaridan tikilgan liboslar, surxoncha do‘ppi-yu jamalaklarda qizlarimiz yanada chiroy ochdilar.
Milliylikni targ‘ib etuvchi chellenjlar vohamizning har bir hududida olinib, mahalliy aholining ruhiyatti-yu kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun