Umid

Date:

Otasi qo‘y go‘shtidan tayyorlangan kabobni juda yaxshi ko‘rardi. Buni bilgan o‘g‘il u kishini yaxshi bir oshxonaga olib boribdi. Avvaliga ota kabobini o‘zi yeyishga harakat qilibdi. Har safar ovqatini og‘ziga olib borganida qariligi sabab qo‘llari titrab taomi soqoliyu atrofiga to‘kilibdi.
Oshxonada o‘tirganlarning nazari ularga qaratildi. Pastnazar qarashlar, masxaromuz jilmayishlar va kayfiyati buzilgan chehralar. O‘g‘il esa sabr bilan otasiga taomini yedirishni boshladi.
Nihoyat taom tugadi, o‘g‘il otasini suv oldiga yetakladi, og‘iz-qo‘llarini, yog‘ tomgan soqolini yuvib qo‘ydi, ko‘zoynagini artib taqib qo‘ydi. Keyin esa otasini qo‘ltiqlab chiqish eshigi tomon yurdi. Norozi nazarlarga qaramay o‘g‘il xursand edi, chunki otasini xursand qilgan edi u.
Ovqat pulini to‘lab chiqib ketayotgan o‘g‘il ortidan bir amakining ovozi eshitildi:
— Hoy o‘g‘lim, bu yerda bir narsa qoldirding unutma.
Yana nazarlar ular tarafga burildi. Bir oz o‘ylangan yigit:
— Hech narsa qoldirmadim, amaki, – deb javob berdi
— Bolam, sen bu yerda juda qimmatbaho narsa qoldirding!
— Nima qoldiribman, amaki?!
— Sen bu yerda har bir farzand uchun dars, har bir ota uchun umid qoldirib ketyapsan!
Bir muddat oshxonani sukunat qopladi, hamma qilgan ishidan, fikrlaridan uyalib qoldi. Bu kishilar unutishgan edi bir paytlar otalaridan najot topganlarini…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun