Tayyorgarlik avjida

Date:

Vohamiz dalalariga ekin ekish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Fermer va dehqonlar, dala mehnatkashlari bu yil ham bor bilim va tajribalarini ishga solishmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurib, shudgorlangan maydonlarni tekislash, pushtalash va chigit ekish mavsumiga tayyorlash ishlari bilan tanishdi. Shu yerning o‘zida dala va kollektor chetlaridan samarali foydalanish, irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash, ichki ariqlar hamda kanallarni betonlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz tumanining “Yangiobod” va Angor tumanining “Kattaqum” mahallalarida avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlarga asosan sektor rahbarlari hamda mahalla “yettiligi” tomonidan aholini tomorqadan samarali foydalanishga o‘rgatish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hamda daraxt ko‘chatlari ekish borasidagi ishlar bilan tanishdi. Mutasaddilar bajarilgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan axborot berdi.
Shuningdek, Angor tumanida “Surxondaryo bessides” MCHJ tomonidan urug‘lik chigitni dorilash, saralash va qadoqlash jarayoni bilan tanishildi. Viloyat rahbari hosildorlik birinchi navbatda sara urug‘ga bevosita bog‘liq ekanligini qayd etib, urug‘chilikni rivojlantirish, ilmiy yondashuvlar hamda zamonaviy seleksiyalar asosida hosildor navlarni tanlab olish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun