Tajribasiga tayanib

Date:

Yoshi ulug‘larimizning hayot yo‘llari, tajriba va bilimlari yoshlarimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq kabidir. Shu sabab, ana shunday insonlarning suhbatida bo‘lishga, nasihat va tavsiyalariga quloq tutishga urinamiz. Viloyatimizda ayni maqsadda nuroniylar ishtirokida qator tadbirlar o‘tkazildi.
Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan O‘zbekiston Qahramoni, “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi, senator Sodiqjon Turdiyev ishtirokida tadbir va uchrashuvlar tashkil etildi. Birinchi navbatda, voha nuroniylari Termiz tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi va “Yangi O‘zbekiston” bog‘i qurilishi bilan tanishdilar hamda Al-Hakim at-Termiziy majmuasiga tashrif buyurdilar.
Shundan so‘ng, Termiz shahridagi Nigina tantanalar saroyida “Bugungi kunning qadri” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda faxriylar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning komil inson bo‘lib voyaga yetishiga ko‘maklashish borasida nuroniylarning hissasi beqiyos ekanini alohida ta’kidladi. Tadbir doirasida bir guruh nuroniylarga faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari va sihatgohlarga yo‘llanmalar topshirildi.
Shuningdek, harbiy qismda viloyat harbiy prokurori, nuroniylar, harbiy xizmatchilar, faxriy harbiylar va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bugunning qadriga yetish hamda nuroniylarning hayot tajribalarini yosh avlodga yetkazish maqsadida tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar nuroniylarning jamiyatdagi faolligini oshirish, yoshlarga ularning ibratli hayot yo‘lini namuna sifatida ko‘rsatish hamda vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ezgulik va e’tibor — jamiyat tayanchi

Bugungi kunda mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, ayniqsa ehtiyojmand...

“Cobalt” Muzaffarbek To‘raboyevga nasib qildi

Polvonlar yurti Surxondaryoda 9-may — Xotira va qadrlash kuniga...

Tarix va etnologiya istiqbollari muhokama qilindi

Termiz davlat universitetida “O‘zbekistonda tarix va etnologiya ilmlarining rivojlanish...

Pilla qabul qilish mavsumi boshlandi

Surxondaryo viloyatida pilla qabul qilish mavsumiga start berildi. Joriy...
KunTun
KunTun