Tokiodagi ko‘rgazmada

Date:

Bola surat chizganida uning psixologiyasi, ajib dunyosi bilan tanishgandek bo‘lamiz. bu suratlarda aslo yolg‘on yo‘q, nimani his etishsa, nimani o‘ylashsa, o‘sha tuyg‘ular oqqa ko‘chaddi, yorqin bo‘yoqlarda namoyon bo‘ladi. Yaponiya poytaxtidagi Milliy san’at saroyida bo‘lib o‘tayotgan «San’at – chegara oshib» nomli rasmlar ko‘rgazmasida O‘zbekiston bolalari rasmlari burchagi tashkil etildi. Va ko‘rgazma davomida chizilgan suratlarni tomosha qilib ayni xulosaga kelish mumkin.
O‘zbekiston bolalari rasmlarining namoyishi mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Xalqaro Sumiye jamiyati bilan birgalikda uyushtirildi. Ushbu ko‘rgazmada 35 ta mamlakatdan yig‘ilgan 500 dan ortiq san’at asarlari namoyish etilyapti. O‘zbekiston burchagi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari tomonidan chizilgan 30 ta rasmlar bilan bezatildi. Rasmlarda yurtimiz tabiatining go‘zalligi, madaniy merosi, milliy liboslari, shuningdek, mamlakatimizning tarixiy va diqqatga sazovor joylari tasvirlangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bir ko‘ngil imorati…”

Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan har qanday davlatda insonlarning ijtimoiy...

Daryo bo‘yi “Aqlli” bo‘ladi

Surxon bo‘ylab kezar ekansiz, chor-atrof obodlik, nurafshonlik kasb etishini,...

Qariyb sakkiz million ko‘chat ekiladi

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda har yili ikki mavsumda —...

Tizimning tayanchi bo‘ladi

Bugungi kunda mamlakatimizda energetika, neft va gaz sohalarini modernizatsiya...
KunTun
KunTun