Qizlar ringda

Date:

Jangga faqat alp o‘g‘lonlar tushadi deydiganlar adashadi. Nozik hilqat vakilalari ham tomoshabinlarga jangchi qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yishi mumkin. Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida xuddi shunday bo‘ldi.
Boks sport turida suyagi qotgan, mashg‘ulotlarda sinashta bo‘lib, yuragida shashti olov kabi yonayotgan qizlar jang qilishdi. Har bir round qiziqarli va hayajonli onlarga boy bo‘ldi. Mahorat bobida o‘zlarini namoyon etgan bokschi qizlar g‘oliblik uchun raqibalarini yengishga urinishdi. Albatta, bu urinishlar besamar ketmadi va kuchlilar g‘oliblar safida bo‘lishdi. Xususan, jahon, Osiyo chempioni bo‘lmish surxondaryolik Dilfuza Bekova 63 kg vaznda 1-o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun