Nazariy va amaliy darslar uyg‘unligida

Date:

Nazariy bilimlarni olgan yaxshi, ammo bu bilimlar amaliyot bilan boyisa, yanada mustahkam bo‘ladi va tajribaning oshishiga xizmat qiladi. Shundagina qaysi soha bo‘lmasin, kamchiliklar, muammolar o‘rtaga tashlanadi. Uni yechish uchun qilingan urinishlar esa olingan bilimlardan oqilona foydalanishga imkoniyat yaratadi.
Sho‘rchi tumanidagi Navoiy innovatsiyalar universiteti talabalari ham tahsil davomida o‘qib o‘rganish bilan birga bilim va iqtidorlarini sinab ko‘rishga tutindilar. Natijada qo‘g‘irchoq teatri tomoshasi yaratildi. Ushbu sahna asari, havaskor aktyorlarning qoyilmaqom ijrolari esa barchaga birdek yoqdi.
Tadbir davomida turli sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi. Ishtirokchilarning har bir chiqishi tomoshabinlarga iliq kayfiyat bag‘ishladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday ijodiy tadbirlar talabalarning mahoratini oshirish, ularni bolalar bilan ishlashga tayyorlash hamda san’at orqali ta’lim berish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oldingi sahifa“Dual ta’lim” asosida
Keyingi sahifaQizlar ringda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun