18 ta dorixonada qonun buzildi

Date:

Raqobat qo‘mitasi tomonidan Respublika hududidagi ko‘plab dorixonalarda nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasining “FAIR TECH” yagona axborot tizimi orqali respublikamizning hududlari kesimida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan referent narxlarning oshirilishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoringda 1300 ga yaqin, jumladan, Surxandaryo viloyatida 18 ta (17 ta ulgurji va 1 ta chakana) dorixonada qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Yuqoridagi hududlarda olib borilgan o‘rganishlar natijasida 270 ming ta holatda jami 11,6 milliard so‘m miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlanib, ortiqcha olingan pul mablag‘larini iste’molchilarga qaytarish choralari ko‘rildi. Raqobat qo‘mitasi dorixonalarni narxlarni asossiz oshirmaslikka va iste’molchilardan ortiqcha mablag‘larni olmaslikka chaqirib qoladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun