Kelgusi vazifalar belgilandi

Date:

Hududlarda bunyod bo‘layotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari odamlarga munosib turmush tarzi, qulay shart-sharoit taqdim etadi. Massivlarda bundan bahramand bo‘lish bilan birga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish lozim. Sariosiyo tumanida ham ana shunday massivlar qurilishi davom etmoqda. Surxondaryo viloyati hokimining hududlarga tashrifi davomida Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar hamda tadbirkorlik obyektlari qurilishi, infratuzilmani yaxshilash, “yashil” hududlarni yaratish, daraxt ko‘chatlari ekish ishlari to‘g‘risida mas’ullarning axborotlari tinglandi. Hudud ko‘zdan kechirilib, kelgusidagi vazifalar belgilab berildi.
Keyingi manzil Uzun tumanida bo‘lib, 2-son politexnikumi negizida kasb-hunarga o‘qitishga ixtisoslashgan zamonaviy ustaxona qurish loyihasi taqdimoti bilan tanishildi. Bu yerda ish beruvchilarning takliflari hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Loyihani takomillashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng, tumandagi bo‘sh turgan obyektda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha takliflari bilan tanishildi. Hudud imkoniyatlari hamda bozor talablaridan kelib chiqqan holda eksportbop sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish lozimligi qayd etildi. Mas’ullarga maydonning kengligini inobatga olib, qo‘shimcha loyihalarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Qumqo‘rg‘on tumanida esa ko‘p qavatli turar joylar majmualarini qurish loyiha takliflari bilan tanishildi. Loyihalarni shaharsozlik normalari asosida ishlab chiqish, turar joylar qurilishidan avval infratuzilmani yaratish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun