Treningga start berildi

Date:

Ijtimoiy himoya milliy agentligining asosiy maqsad va yo‘nalishlaridan biri ehtiyojmand aholi qatlamini og‘ir ijtimoiy vaziyatdan chiqarish, ularga bu borada har tomonlama ko‘mak berib, ijtimoiylashuvini ta’minlashdir. Shunga asosan, kuni kecha Termiz tumanidagi Sh.Rashidov, “Bunyodkor”, “Guliston” mahallarida “Farovon oila” treninglariga start berildi.
Mazkur seminar-treninglarda mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari ishtirok etishdi. Ularga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining malakali psixologlari tomonidan darslar o‘tildi. Mashg‘ulotlar davomida fuqarolarning kambag‘allik tushunchasi, uning oqibatlari va oila aʼzolariga ko‘rsatadigan salbiy taʼsiri, oilalarni qo‘llab-quvvatlash mezonlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar borasidagi bilim-ko‘nikmalari oshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Diplomi tan olinadimi?

O‘zbekiston “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global...

Insonparvarlikning amaliy ifodasi

Prezidentimizning xalqparvar siyosati natijasida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat...

Mas’uliyati oshirildi

Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonida Denov tumani Qo‘riqlash bo‘limida...

Ehtiyoj va talab

 Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan...
KunTun
KunTun