Jismoniy tarbiya fani o‘qitilishi tubdan takomillashtirilmoqda

Date:

“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori imzolandi. Unga ko‘ra jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqildi.
2025-yil 1-martga qadar boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari yosh toifasi bo‘yicha harakatli o‘yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro‘yxati shakllantiriladi. 1-iyunga qadar maktab o‘quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o‘quvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting tizimi ishlab chiqiladi. Shuningdek yil davomida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab, 5–11-sinflar jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqiladi. Har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Har yili an’anaviy tarzda maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Diplomi tan olinadimi?

O‘zbekiston “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global...

Insonparvarlikning amaliy ifodasi

Prezidentimizning xalqparvar siyosati natijasida mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat...

Mas’uliyati oshirildi

Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonida Denov tumani Qo‘riqlash bo‘limida...

Ehtiyoj va talab

 Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan...
KunTun
KunTun