Murojaatlar tinglandi

Date:

Termiz tumanida Ijtimoiy inspeksiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda tumanning “Yangiyer”, “Xalqobod”, “Uchqizil”, Amir Temur, “Qo‘ng‘irot” va “Guliston” MFYlarida yashovchi fuqarolar ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolardan nogironlikni belgilash, bolalar nafaqasini tayinlash, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan davolanish uchun, dori-darmon, uy-joy ta’mirlash uchun moddiy yordam olish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi va ularning ijrosi mas’ullar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.
26 nafar fuqaroning murojaatlaridan 8 tasi joyida hal etildi, 18 tasiga ma’sul ijrochilar tayinlanib ijrosi nazoratga olindi. Shunindek, qabul davomida fuqarolarga qonunchilikda nazarda tutilgan ijtimoiy xizmat va yordamlarning turlari, ulardan foydalanish tartibi haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun