Imtiyozdan unumli foydalanib

Date:

Sho‘rchi tumani “Bobotog‘” mahallasidagi “Biznes klass gold” mas’uliyati cheklangan jamiyatida qolipli non mahsulotlari hamda 35 turdagi shirinliklar ishlab chiqarilmoqda. Kuniga 3-3,5 ming dona qolipli non tayyorlash quvvatiga ega korxonadagi ishlar ikki smenada yo‘lga qo‘yilgan.
— 8 kishi mehnat qilayotgan korxonamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar korxona va ijtimoiy muassasalarga yetkazib berilmoqda, — deydi jamiyati rahbari Go‘zal Bo‘riyeva. — Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganimga 20 yil bo‘ldi. Shu yillar davomida oilaviy daromadimizni oshirishga, ro‘zg‘orimizning obodligi uchun harakat qildim. Mahallamizdagi hokim yordamchisining tavsiyasi bilan olgan imtiyozli kreditlardan oqilona foydalanib, faoliyatimizni kengaytirdik. Shunga yarasha daromadimiz ham oshdi.
Albatta, imtiyozli kreditdan samarali foydalanish uchun aniq reja va maqsad bilan amalga oshiriladigan ishlar o‘z natijasini beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun