114 ta investitsiya loyihasi qurilishiga start berildi

Date:

Xalqaro aloqalarning yo‘lga qo‘yilgani vohamiz ahli uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishi bilan birga yangiz xizmat va ishlab chiqarish turlarining ham oshishiga xizmat qiladi. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida “Tenda group” MCHJ binosida 2025-yilda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish orqali viloyatda amalga oshiriladigan 114 ta loyihaning qurilishiga start berdi.


Onlayn formatda o‘tkazilgan tadbirda shahar va tumanlar hokimlari, tadbirkorlar hamda mutasaddilar loyihani amalga oshirish joylaridan ishtirok etishdi. Umumiy qiymati 3 milliard AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur loyihalarning 88 tasi investitsiyaviy, 11 tasi turizm va 15 tasi iqtisodiy loyihalar hisoblanadi.
Prezidentimizning topshiriqlari bilan xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, yangi loyihalar hisobiga ishlab chiqarish hajmi va ish o‘rinlarini ko‘paytirish maqsadida vohamizda joriy yil 165 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi qayd etildi.
Viloyat rahbari har hafta payshanba kunlari hududlarga tashrifi davomida 2 ta loyihaning amalga oshirilishi bilan tanishib, tadbirkorlarning muammolarini o‘rganishini ta’kidladi hamda shahar va tumanlar hokimlariga haftada ikki kun tadbirkorlar bilan ishlash topshirig‘ini berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mehnat Rohat” yangi loyihani amalga oshiradi

Surxondaryo viloyati hokim Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumaniga tashrifi davomida...

Yo‘l bo‘ylari obodonlashtirilmoqda

Surxondaryo viloyati hkimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, hududlarning...

Loyihalari tanqidiy o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi ishchi guruh Jarqo‘rg‘on...

Navroʻz — “Yangi Oʻzbekiston”dan boshlanadi

Prezidentning 2026-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq, 2026-yilgi Navroʻz bayramini munosib...
KunTun
KunTun