Kambag‘al oilalarga subsidiya ajratiladi

Date:

Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun BHMning 10 baravarigacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi. “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Og‘ir toifadagi 300 ta mahallada kooperatsiya asosida 180–500 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi.
2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvarga qadar yangi tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi va dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash kooperativlari uchun ijtimoiy soliq hamda ularga ishga qabul qilingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilanadi.
Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun BHMning 10 baravarigacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.
Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida:
2025-yil 1-fevraldan ish beruvchilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida ishsiz aholini, shu jumladan, kambag‘al oilalar a’zolarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga manzilli o‘qitish tizimi joriy etiladi;
2025-yil 1-martdan aholini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash jarayonlarini raqamli nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
2025-yil 1-apreldan 12 ta yangi kasb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shuhratning shuhrati oshdi

Toshkent shahrida o‘tkazilgan karate WKF yo‘nalishidagi xalqaro chempionat yurtimiz...

E’tirofga munosib

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Prezidentimizning “Soha xodimlaridan bir...

 “Kulgu va shodlik kechasi”

Termiz davlat muhandislik va agroteхnologiyalar universitetida Muqimiy nomidagi O‘zbekiston...

Loyihalar samaradormi?

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida qurilish va...
KunTun
KunTun