Termiz “Inklyuziv” shaharga aylanmoqda

Date:

So‘nggi paytlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzu — inklyuziyadir. Ho‘sh, inklyuziv ta’lim yoki nogironligi bor odamlarni qabul qilish, ularni jamiyatga qo‘shish haqida, ularni qabul qilish borasida qizg‘in munozaralarga kirishishdan avval, biz bunga tayyormimiz? Ko‘zi ojiz, nogironligi bor fuqarolarning shahrimizda, davlat idoralari-yu, ta’lim muassasalarida erkin harakatlanishlari uchun shart-sharoit, imkoniyat bormi? Ayni shu savol ko‘ndalang qo‘yilganda, tilimizni tishlashimiz aniq.
Davlatimiz rahbarining bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahri Alisher Navoiy ko‘chasini ijtimoiy ko‘chaga aylantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Mazkur ko‘chada ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi insonlar uchun ovozli svetoforlar, sariq rangli yo‘lakchalar tashkil qilinmoqda.
Shuningdek, 2025-yilda ijtimoiy ko‘chaga aylantirish uchun At-Termiziy ko‘chasi tanlab olingan bo‘lib, hozirda ishlar boshlangan. Shahar bo‘ylab, ko‘p qavatli uylarning yo‘lak va liftlarini ko‘zi ojiz insonlar uchun moslashtirish, davlat tashkilotlarining kirish qismida sariq yo‘laklar va brayl alifbosidagi ko‘rsatkichli bino xaritalari tashkil etish ishlari davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun