Ishonchli va do‘stona munosabatlar asosida

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Shanghai Oriental Credits Industrial Development Co., Ltd” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Xu Chunxua boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi ikki davlat rahbarlarining o‘zaro ishonchli va do‘stona munosabatlari asosida yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotganligi, keyingi yillarda Xitoy kompaniyalari ishtirokida xususan, vohamizda ko‘plab loyihalar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Termiz xalqaro savdo markazi imkoniyatlaridan foydalangan holda Afg‘oniston, Pokiston va Janubiy Osiyo davlatlariga eksportni oshirish, ko‘mirni qayta ishlash, kogeneratsiya usulida ko‘mir xomashyosidan elektr energiyasi va sintetik gaz ishlab chiqarish, tog‘-kon metallurgiya hamda qishloq xo‘jaligida yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda mavjud imkoniyat va vohaning boy salohiyati bilan yaqindan tanishish hamda shu asosida hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan qayta uchrashuv o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun