O‘zbekiston — sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar ro‘yxatida

Date:

O‘zbekiston 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 ta yo‘nalish ro‘yxatiga kirgani haqida xabar berdi “BBC Travel” global media portali. Maqolada ta’kidlanishicha, turizm O‘zbekistonning o‘ziga xos an’analari va madaniy merosini saqlash strategiyasining muhim qismiga aylanib bormoqda.
Mamlakat infratuzilmani jadal rivojlantirmoqda: yangi mehmonxonalar, yuqori tezlikdagi temir yo‘l marshrutlari, ichki aviareyslar va yangilangan madaniy diqqatga sazovor joylar sayohatchilar uchun betakror imkoniyatlarni yaratmoqda.
Bularning barchasi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga va O‘zbekiston tarixiy va madaniy merosining cheksiz boyligini kashf etayotgan sayyohlarni jalb qilishga yordam bermoqda.
Qayd etilishicha, 90 dan ortiq mamlakat, jumladan, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz tashrif buyurishi mumkinligi sayohatni sezilarli darajada osonlashtiradi va sayyohlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Bundan tashqari, qo‘shni mamlakatlar bilan chegarani kesib o‘tish ancha osonlashgani qayd etilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...
KunTun
KunTun