«Ravnaq-ul bo‘ston» — O‘zbekistonga taqdim etildi

Date:

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga buyuk olim Ali Qushchining o‘g‘li Qozi Abdurahmon qalamiga mansub «Ravnaq-ul bo‘ston» asarining faksimile nusxasi olib kelindi. Kitob Markazga Istanbul universiteti professori Emek Ushenmez tomonidan taqdim etilgan.
«Ravnaq-ul bo‘ston» bog‘dorchilikka bag‘ishlangan bo‘lib, unda mevalarni yetishtirish, saqlash va nihollarni parvarishlash bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berilgan. O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, ayni paytda asarni o‘zbek tiliga tarjima qilish ishlari olib borilmoqda. Ma’lumot uchun, ushbu asarning asl nusxasi Ayo Sofiya kutubxonasida saqlanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun