Ta’til kutubxonada yanada maroqli

Date:

Ta’til tugashiga tobora sanoqli kunlar qolmoqda. Ammo bolajonlar o‘tgan vaqtdan samarali foydalanishayotir. Ijod va san’at to‘garalarlariga borishsa, ba’zilari mutolaa bilan, yangidan yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish bilan band ekanliklari kuzatgan kishini quvontirishi aniq.
Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasida qishki ta’til davrida maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilgan. Bolajonlar ushbu ziyo maskanida xalq og‘zaki ijodiga nisbatan qiziqishni shakllantirish maqsadida ertak va dostonlarni maroq ila o‘qishayotgan bo‘lishsa, boshqalari og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish bilan band. Maqsad qanday bo‘lmasin, yoshlar mutolaa bilan band.
Qolaversa, kutubxonada o‘g‘il-qizlarning intellektual qobiliyatlarini kuchaytirish maqsadida faol kitobxonlar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Jarayon qiziqarli va qizg‘in mushohada hamda munozaralarga boy o‘tdi. “Bilimdonlar” va “Zukkolar” jamoalari o‘zaro bellashib, g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. G‘olib jamoaga faxriy yorliq hamda kitoblar sovg‘a qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun