Endi elektron tartibda…

Date:

Hujjatlar bilan ishlashda, ortiqcha qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat tashkilot va idoralarida ish yuritish electron shaklda olib borilayotir. Vazirlar Mahkamasinig 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qaroriga muvofiq, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YMMT” IDAK) orqali elektron tartibda tuziladi. Qayd etilishicha, mehnat shartnomalari ish beruvchi tomonidan shakllantiriladi va taraflar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra elektron raqamli imzo (ERI) yordamida imzolanadi.
Imzolangan elektron mehnat shartnomasini xodim o‘zining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (my.gov.uz) shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin. Mehnat shartnomalarining elektron rasmiylashtirilishi natijasida ish beruvchilarga qulaylik yaratiladi, jarayon soddalashadi va norasmiy bandlik kamaytiriladi. Mehnat shartnomalarining qonuniyligini nazorat qilish imkoni mavjud bo‘ladi va xodimlarning mehnat huquqlari buzilishining oldi olinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun