“Qalqon” faoliyati takomillashtiriladi

Date:

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Qalqon” jamoatchilik guruhining a’zolari uchun o‘quv seminar tashkil etildi. Seminar O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashi, Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi va Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi. Ishtirokchilarga “Qalqon” guruhining faoliyati, xavfsizlikni ta’minlashda jamoatchilikning o‘rni va muhim vazifalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, piyodalar o‘tish yo‘lagi va boshqa ijtimoiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. O‘quv seminari yoshlarni jamiyatda tartibni saqlashda faollik ko‘rsatishga undaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun