24/7 soat rejimida…

Date:

Har doim ham uzoq yo‘lga otlanayotib, mashinamiz pand berib qolsa, kun-u tun faoliyat yuritayotgan mashinalarga texnik xizmat qiladigan nuqtalarni topa olmay qolishimiz haqiqat. Shuningdek, ichimlik suvi yoki boshqa maishiy xizmat nuqtalarini toppish ham amrimahol.
Uzun tumani “Yangi kuch” MFYda turizm salohiyatini rivojlantirish, mahalliy tadbirkorlar, aholi hamda keladigan mehmonlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtiriladigan ko‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan hudud master-rejasi ishlab chiqildi.
Hudud qiyofasini yaxshilash, tijorat, savdo va maishiy servis xizmatlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan bu ko‘chada 24/7 soat rejimida tun-u kun faoliyat yuritish mo‘ljallangan.
Uzun tuman hokimi Xabibulla Bozorov shu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mazkur ko‘chada birlamchi zarur infratuzilmani shay qilish, yoritish ustunlari, o‘rindiqlar va chiqindi qutilarini joylashtirish, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, piyodalar yo‘laklari, veloyo‘laklar kabi ishlar olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun