Manzil devor va yo‘laklarda…

Date:

So‘nggi yillarda mamlakatimizda giyohvandlik vositalari, ularning anologlari — psixotrop moddalar va kuchli ta’sir etuvchi moddalarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish borasida keng qamrovli tashkiliy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Shunga qaramasdan, tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda ayrim muammolar mavjud. Jumladan, giyohvandlik, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning muomalasini internet jahon axborot tarmog‘i orqali amalga oshirish, bunday vositalarni tarqatish va reklama qilishning yangi usullaridan keng foydalanish keskin ortmoqda. Shunday usullardan biri “NORKOGRAFITIY” usuli bo‘lib, bunda noqonuniy tashkil etilgan internet do‘kon manzili haqida ma’lumot devor va yo‘laklarga chizish orqali tarqatilmoqda. Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, jumladan, ularni iste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyatlarga yoshlarni, ayniqsa, voyaga yetmaganlarni jalb qilish ham ko‘paymoqda. Shuningdek, voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlikka chalinganlar soni ortib bormoqda. Shundan kelib chiqib, mazkur yo‘nalishda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish borasidagi ishlarni jadallashtirish, barvaqt profilaktika chora-tadbirlari samaradorligini oshirish talab etilmoqda.

Sh.MAMAYUSUPOV,

Surxondaryo viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi katta mutaxassis kinologi, kichik serjant

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun