Ish haqi undirib berildi

Date:

Termiz shahrilik O‘ktam Altibayev O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat kengashiga majburiy bekor yurgan vaqtlari uchun oylik ish haqlari va boshqa to‘lovlarni undirib berishni so‘rab murojaat qildi. Murojaatni o‘rganishda, Oʻ.Altibayev “Agrobank” ATB Surxondaryo viloyati boshqarmasining 2019-yil 28-oktabrdagi 126-sonli buyrug‘iga asosan “Agrobank” ATBning Qiziriq filiali boshqaruvchi o‘rinbosari — Front ofis boshlig‘i lavozimiga ishga qabul qilingan.

Filialning 2023-yil 18-iyuldagi tegishli buyrug‘iga asosan O‘.Altibayev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi MKning 168-moddasi 3-bandiga asosan 2023-yil 18-iyul kunidan bekor qilingan. Surxondaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasining 2024-yil 8-avgustdagi ajrimiga asosan “Agrobank” ATB viloyati boshqarmasi Qiziriq filialining buyrug‘i bekor qilinib, O‘.Altibayev o‘z lavozimiga ishga tiklandi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2024-yil 22-oktyabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra da’vo qanoatlantirilib, “Agrobank” ATB Surxondaryo viloyati boshqarmasi Qiziriq filiali zararidan O‘.Altibayevning foydasiga jami 160 778 712 so‘m majburiy bekor yurgan vaqtlari uchun oylik ish haqi undirib berildi.

Zarif Xolov,

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi mehnat huquq inspektori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sohalar bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda

Bugun tongni telefon signalisiz, yangiliklarni internetsiz, muloqotni ijtimoiy tarmoqlarsiz...

TERMIZGA YO‘L…

(Termiz sayyohlar nigohida) Ma’lumki, oxirgi yillarda yurtimizda ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan...

 G‘olib bo‘lmagan loyihalar ham moliyalashtiriladi

2026-yil 1-yanvardan deputatlar har yili tashabbusli byudjet jarayonlarida tegishli...

Maktab qurilishi qanday ketmoqda?

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida 2025-yilgi Investitsiya dasturi asosida 504...
KunTun
KunTun