Retro kuy-qoʻshiqlari tarannum etildi

Date:

Termiz shahridagi muhtasham sanʼat saroyida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Surхоndaryo viloyati boʻlinmasi ijodiy jamoasining ustoz sanʼatkor Ravshan Namozov xotirasiga bagʻishlangan “Ustozlarga ehtirom” nomli yillik hisobot konserti bo‘lib oʻtdi. Konsert dasturida boʻlinma ijodiy jamoasining xonandalari, sozandalari, raqqosalari tomonidan marhum ustoz sanʼatkor Ravshan Namozovning durdona asarlari va retro kuy-qoʻshiqlari tarannum etildi.
Konsert soʻnggida Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi boshligʻi Shuhrat Normurodov soʻzga chiqib, ushbu dastur juda ham manzur boʻlganligini ta’kidladi hamda jamoaga omadlar tiladi. Shuningdek, konsertda boʼlinma direktori Sherzod Hurmatov yil davomida oʻz fidoyiligi bilan faoliyat koʻrsatayotgan ustozlar, homiy tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlarni tashakkurnoma bilan taqdirladi.
Kecha tomoshabinlarga manzur boʻlib, ularga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun