Yaponiya bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda

Date:

Yaponlarning ta’lim sohasida o‘zlarining e’tirof etarli tajriba maktabi bor. Ayni tajriba sabab bugun nafaqat yapon yoshlari taqdirida tub burilish yasayapti, balki davlat rivojiga ham hissa qo‘shyapti. Ana shunday tajribani o‘rganish, xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish foyda bo‘lsa borki, aslo zarar emas.
Ayni maqsadni ko‘zlagan holda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasi Yaponiyadagi tashrifi davomida Soka universiteti va Toyo universitetlariga ham tashrif buyurdi. Uchrashuvlar davomida universitetlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur universitetlar bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ular uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi. Bundan tashqari, hamkorlik doirasida universitetda Xorijiy tillarga o‘qitish markazida yapon tilini o‘qitishni tashkil etishda amaliy yordam berish, turli yo‘nalishlarda hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda 11,1 million tup ko‘chat ekiladi

Surxondaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga tayyorgarlik...

Surxondaryo rejani bajardi

Surxondaryo viloyati paxtakorlari 2026-yil hosili bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlarni bajarib,...

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...
KunTun
KunTun