Muammo va takliflarga quloq tutildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 124-sonli farmonining 11-bandida har yili dekabr oyining birinchi haftasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi”ni o‘tkazib borish, uning doirasida Oliy Majlis, Adliya vazirligida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv va muloqot o‘tkazish, fuqarolik jamiyati institutlarini tadbirlar tashkil etish belgilangan.


Ayni farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahridagi “Matbuot uyi” binosida “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashi raisi bilan “Ijtimoiy buyurtmalarni berish tartibi va amaliyoti” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Ijtimoiy buyurtmalarni joriy etish tartibi bo‘yicha amaliyotni tahlil qilish, uning ijtimoiy ahamiyatini oshirish, davlat idoralari va NNT o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda jamiyatning bu jarayondagi ishtirokini kengaytirish maqsad qilingan ochiq muloqotda soha mutaxassislari tomonidan kerakli huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi. Shuningdek, Oliy majlis senati a’zosi Dilbar Suvonova “Jamoat fonlarining roli va grant berishning dolzarbligi” mavzusida ma’ruza qilib, so‘ng, ishtirokchilarning sohaga oid muammolari, takliflariga quloq tutdi. Albatta, bu boradagi barcha fikrlar inobatga olinishini ta’kidladi.


Muloqot davomida ijtimoiy buyurtmalarning huquqiy asoslari, moliyalashtirish mexanizmlari va ushbu jarayondagi shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar tahlil qilinib, ularning yechimlariga doir takliflar ishlab chiqildi.
Kelgusida davlat organlari va NNT o‘rtasidagi hamkorlik yanada kuchaytiriladi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan yangi tashabbuslar ilgari suriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun