Sitrus mevalari bir issiqxonada

Date:

Sitrus mevalarini xush ko‘rib iste’mol qilamiz-u, hech ularni o‘zimizda yetishtirilishi hqida o‘ylamaymiz. Sababi bu mevalar uchun xos va mos bo‘lgan iqlim sharoiti bor davlatlar borligini yaxshi bilamiz. Ammo so‘nggi yillarda ayni mevalar o‘zimizda ham yetishtirilayotgani mahsulot tannarxiga ham ta’sir etmoqda.
Sho‘rchi tumanining “Yakkabog‘” mahallasida yashovchi, asli kasbi hisobchi bo‘lgan Sodiq Turdiyev mo‘jazgina issiqxonasida mandarin, limon, apelsin va papaya o‘simliklarini parvarish qilmoqda.
— Bunday o‘zgacha mevalarni yetishtirish men uchun nafaqat tadbirkorlik, balki men bu ishimdan zavq ham olaman, — deydi S.Turdiyev. — Dastavval issiqxonadagi ko‘chatlar hosilga kirguncha, pomidor, bodring, turli xildagi ko‘katlarni ham yetishtirdik. Yillar o‘tib, sitrus mevalarimiz hosil bera boshladi. Asta-sekin tajribamiz oshib, yutuqlarga erishyapmiz. Har bir daraxtni o‘rganib chiqib, o‘z iqlimimizga moslashtiryapmiz. Yiliga 40-50 million so‘m daromad qilyapmiz.
Albatta, ona zamin sahovati ila xaqimiz dasturxoni to‘kin. El rizqiga baraka, fayz, farovonlikning kirib kelishi yerga berilgan mehr va e’tibor tufaylidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun