“Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumaniga tashrif buyurib, hududda tanlab olingan 12 gektarlik maydonda tashkil etilayotgan “Yashil” bog‘ga daraxt ekish tadbirlarida ishtirok etdi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faollar, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etib, manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekdi.

Shundan so‘ng, Agroinspeksiya hamda O‘simliklar karantini va himoyasi viloyat boshqarmalari mutasaddilari Prezidentimiz raisligida joriy yil 28-noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, yil yakuniga qadar erishilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Viloyat rahbari mutasaddilarga tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Viloyat rahbari Ekraz mahallasida “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida hokim yordamchisining xonadonida tashkil etilgan issiqxonada limon va qulupnay yetishtirish hamda muzlatkichli omborxona qurilishi bilan ham tanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun