Loyiha yanada kengaytiriladi

Date:

Muzrabot tumaniga Xalqaro mehnat migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublika Qizil yarim oy jamiyati Surxondaryo viloyati tashkiloti o‘rtasida “Mehnat migratsiyasi xavfini kamaytirish” loyihasini amalga oshirish uchun imzolangan shartnomasiga asosan Xalqaro mehnat Migratsiyasi tashkiloti loyihasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida Xalqaro Mehnat Migratsiyasi tashkiloti vakillari Tatyana Vitego, Chjenxua Ma va Saida Alimovalar tumanning “Bog‘i eram” mahallasida bo‘lishdi.
Uchrashuvda milliy hamkorlar bilan XMT ning tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida xotin-qizlarni ish bilan band qilib, ularni tadbirkorlikka jalb etish uchun tashkil etilgan issiqxonada ishlayotgan xotin-qizlarning faoliyati bilan tanishishdi. Shuningdek, tuman markazida tashkil etilgan tikuvchilik sexida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, xotin-qizlarning qizg‘in ish jarayonlari ularda katta taassurot qoldirdi va keyingi loyihalarini yana kengaytish maqsadga muvofiq ekanligiga ishonch bildirishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun