Kitob o‘qisak…

Date:

Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas hisoblanadi. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.
Kitobxonlik oiladagi muhitga ham bog‘liq. Ma’rifatli oilalarda kitobga e’tibor farzandlar tarbiyasida qo‘l keladi. Inson o‘zining fikrlash qobiliyati, ma’naviy dunyosi bilan tirik. Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek kitobxonlik boʻyicha bilimlarni mustahkamlash maqsadida Termiz tumanida joylashgan DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilar bilan “Kitob — ilm va hikmat manbai” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Suhbat jarayonida harbiy qism harbiy xizmatchisi leytenant I.Muxamadaliyev harbiy xizmatchilarga kitob — inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manbaa hisoblanishi, kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turishi, kitob bilan oshno bola yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayishi, ko‘p kitob o‘qigan kishining bilim saviyasi yuqori, muomala madaniyati yuksak, yetuk inson sifatida hayotda o‘z o‘rnini topa olishi to‘g‘risida taʼkidlab oʻtdi.
Suhbat jarayonida harbiy xizmatchilar oʻzlarining fikr va mulohazalari bilan faol qatnashishdi.
Islomjon MUXAMADALIYEV,
leytenant

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun