Kashfiyotlar muammolardan holi emas… mi?

Date:

Axborot texnologiyalari (IT) hozirgi kunda dunyoning deyarli har bir sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, insonlarning kundalik hayoti va ish faoliyatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Eng avvalo, axborot texnologiyalari deganda asosan kompyuter tizimlari, dasturlash, telekommunikatsiya va boshqa axborotni uzatish vositalari orqali ma’lumotlarni saqlash, tahlil qilish va ulardan foydalanish tushuniladi. IT sohasining jadal rivojlanishi bilan hayotimizni tubdan o‘zgartiruvchi kashfiyotlar yuzaga keldi. Masalan, internet, mobil telefonlar, kompyuterlar va sun’iy intellekt texnologiyalari yaratildi.
Bugungi kunda tibbiyotda, ta’limda, savdo-moliya tizimida, umuman olganda jamiyat hayotimizdagi barcha soha va jabhalarda IT texnologiyalari keng qo‘llaniladi. Albatta, kashfiyotlar rivojlanish bilan birga salbiy jihatlarini-da namoyon etadi. Axborot texnologiyalari jarayonlarni avtomatlashtirish, ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish, shaxsiy va korporativ axborotni himoya qilish imkoniyatini bersa, xavfsizlikka doimiy tahdid, ish joylarining avtomatlashtirilishi natijasida inson resurslariga bo‘lgan ehtiyojning kamayishi kabi muammolarni ham yuzaga keltiradi.
Kelajakda sun’iy intellekt, kvant kompyuterlar, 5G texnologiyasi, IoT (Internet of Things) kabi yangi texnologiyalar ITni yanada rivojlantiradi. Bulutli hisoblash, katta ma’lumotlar (big data) va raqamli xavfsizlik sohalarining o‘sishi bilan biz yangi imkoniyatlarga ega bo‘lish bilan birga yangi muammolarga ham duch kelamiz.

Nozima XURRAMOVA,
Termiz shahridagi 26-sonli maktab o‘quvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun