Ko‘chalar obod bo‘lsa…

Date:

Tozalik, saranjomlik bor joyda qut-baraka, fayz bo‘ladi. Shu sababdan ham xalqimiz o‘zi yashaydigan xonadonini, mahalla, ko‘cha-ko‘yni toza-ozoda, sarishta saqlashga odatlanishgan. Shu bilan birga, turli daraxt va gul ko‘chatlari ekib, tevarak-atrofni ko‘kalamzorlashtirishni odatiy hol deb bilishadi.
Termiz shahri, “Bog‘ishamol” mahallasidagi ichki ko‘chada ham tashlab ketilgan har xil maishiy chiqindilar obodlik posbonlari tomonidan tozalab olindi. Albatta, atrofimizda bo‘layotgan obodonchilik, bunyodkorlik ishlariga befarq bo‘lmasligimiz, o‘zgalarning mehnatini qadrlashimiz zarur. Ana shundagina ko‘chalarimiz chiqindilardan holi, ekologiyamiz musaffo bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun